Manzura - Mo’jizali tun (Yangi yil) (Qo’shiq matni, so’zi)

[Manzura]
Mayin shamol esadi, har tomonga uchiradi
Qor parchalarni.
Shirin hayajon bilan birgalikda yasatamiz
Archalarni.

Mehmon bo`lib kelar qorbobo,
Go`zal qorqiz ila shoshilib.
Tilaklarimizni qilar bajo,
Qopidan sovg`alarni olib.

[DJ Anonim]
Hey you, qorbobo, sovg`alarni beraqol,
Sani bir yil kutdik, qani xursand qilaqol.
Kimdir paypog`ini osib qo`yar mo`ri to`riga,
Yana kimdir uyg`onib, qaraydi yostiq ostiga.

Bizga farqi yo`q, sovg`a bo`lsa bas,
Lekin yomon bo`lmasdi “Prado”mi yoki “Damas”.
Muhimi yangi yilda yangi orzu va tilak,
Qani Manzura, yangi yil muborak!

[Manzura]
Mo`jizali tun - yangi yil,
Yangi orzu-niyatlarni keltir.
Sehrli kecha - yangi yil,
Dillarimizni quvonchga to`ldir.

[Manzura]
Sevgiga to`la qalblar bir-biriga talpinadi
Yana va yana.
Qaynoq muhabdat ila yanada fayzli o`tadi
Bu shodiyona.

Hayajonlar to`lib toshar,
Hamma yaqinlarini tabriklar.
Shirin orzular sari boshlar
Bu betakror daqiqalar.

[DJ Anonim]
Oppoq qorlar, ko`cha to`la bolalar,
Pax-pux hamma yoq, xursandchilik kam yo`q.
Dillarda mangu qolsin yangi yilning navosi,
Yashasin o`zbegim qorbobosi.

Bu tunda uyqu uchun yonadi qizil chiroq,
Qorbobo ham keladi, dillardan qayg`u yiroq.
Quyosh ham kerakmas, chunki yorug` ko`ngil,
Chunki bugun Yangi yil!

[Manzura va DJ Anonim]
Yangi yil, yangi yil, yangi yil bilan,
Tabriklaymiz sizni, sizni chin dildan.

[Manzura]
Mo`jizali tun - yangi yil,
Yangi orzu-niyatlarni keltir.
Sehrli kecha - yangi yil,
Dillarimizni quvonchga to`ldir. (x2)

Mo`jizali tun...‎


Мы в Telegram
Слушать mp3 в хорошем качестве: Manzura - Mo’jizali tun (Yangi yil) (Qo’shiq matni, so’zi)
Скачать mp3: Manzura - Mo’jizali tun (Yangi yil) (Qo’shiq matni, so’zi)
download: Manzura - Mo’jizali tun (Yangi yil) (Qo’shiq matni, so’zi)
Manzura - Mo’jizali tun (Yangi yil) (Qo’shiq matni, so’zi) на зайцев нет
Скачать рингтон для мобильника: Manzura - Mo’jizali tun (Yangi yil) (Qo’shiq matni, so’zi)
скачать рингтон: Manzura - Mo’jizali tun (Yangi yil) (Qo’shiq matni, so’zi)
Обсудить в чате: Manzura - Mo’jizali tun (Yangi yil) (Qo’shiq matni, so’zi)
Лучшие рингтоны для мобильника