Nilufar Usmonova - Barcha shodlik (Qo’shiq matni, so’zi)

Barcha shodlik senga bo’‎lsin,
Bor sitam, zorlik menga.
Barcha dildorlik senga-yu,
Barcha xumorlik menga.

Sen mening jonimni olgin,
Men sening darding olay.
Barcha sog’‎lik senga bo’‎lsin,
Barcha bemorlik menga.

Senga bo’‎lsin barcha husnu,
Menga bo’‎lsin barcha ishq.
Kori xunxorlik menga-yu,
Mehri poydorlik menga.

Bu jahonning rohatin ol,
Bor azobin ber menga.
Senga bo’‎lsin barcha orom,
Barcha bedorlik menga.

Ol o’‎zing koshonalarni,
Menga qo’‎y mayxonani.
Barcha xushyorlik senga-yu,
Barcha xumorlik menga.

Mayli ostonangda yotsam,
Mayli quvsang tosh otib.
Bor dilozorlik senga-yu,
Bor dilafgorlik menga.

Sen shahanshoxlikni olgin,
Menga qullik bo’‎lsa bas.
Bor jafokorlik senga-yu,
Bor vafodorlik menga.

Senga bo’‎lsin nurli kunduz,
Menga qolsin qora tun.
Barcha gulshan senga bo’‎lsin,
Bor tikanzorlik menga.


Мы в Telegram
Слушать mp3 в хорошем качестве: Nilufar Usmonova - Barcha shodlik (Qo’shiq matni, so’zi)
Скачать mp3: Nilufar Usmonova - Barcha shodlik (Qo’shiq matni, so’zi)
download: Nilufar Usmonova - Barcha shodlik (Qo’shiq matni, so’zi)
Nilufar Usmonova - Barcha shodlik (Qo’shiq matni, so’zi) на зайцев нет
Скачать рингтон для мобильника: Nilufar Usmonova - Barcha shodlik (Qo’shiq matni, so’zi)
скачать рингтон: Nilufar Usmonova - Barcha shodlik (Qo’shiq matni, so’zi)
Обсудить в чате: Nilufar Usmonova - Barcha shodlik (Qo’shiq matni, so’zi)
Лучшие рингтоны для мобильника