Sherali Jo’rayev - Muqaddas ayol (Qo’shiq matni, so’zi)

Oshiqlaring poyingga gul otib ham bo`ldi,
Xilvatlarda labingdan bol totib ham bo`ldi,
Va bu haqda kimlargadir sotib ham bo`ldi,
Sen baribir muqaddassan, muqaddas ayol, ayol,
Sen baribir muqaddassan, muqaddas ayol.

Avval kelib, quchog`imga to`l, balq dedilar,
Unamading - ayol asli ters xalq dedilar,
Yetolmagach yuz o`girib, sho`r talh dedilar,
Sen baribir muqaddassan, muqaddas ayol, ayol,
Sen baribir muqaddassan, muqaddas ayol.

Qimtinasan astagina va egasan bosh,
Mingyillikdir ko`zlaringda jovdiragan yosh,
Gunohkorlar mingu bitta, senga tegar tosh,
Sen baribir muqaddassan, muqaddas ayol, ayol,
Sen baribir muqaddassan, muqaddas ayol.

Harir, xushbo`y badaningda toshlar izi bor,
Ko`kragingda egilgan ne boshlar izi bor,
Quyosh izi kuydirgan ne quyoshlar izi bor,
Sen baribir muqaddassan, muqaddas ayol, ayol,
Sen baribir muqaddassan, muqaddas ayol.

Chorlashganda sen kelsang-da, bekor kelsang-da,
Mast davraga zor kelsang-da xor kelsang-da,
Nomardlarga xor kelsang-da, zor kelsang-da,
Sen baribir muqaddassan, muqaddas ayol, ayol,
Sen baribir muqaddassan, muqaddas ayol. {x2}

Aslida bor ermaklarning borar yeri sen,
Yaxshi-yomon ertaklarning borar yeri sen,
Asov otdek erkaklarning borar yeri sen,
Sen baribir muqaddassan, muqaddas ayol.



Мы в Telegram
Слушать mp3 в хорошем качестве: Sherali Jo’rayev - Muqaddas ayol (Qo’shiq matni, so’zi)
Скачать mp3: Sherali Jo’rayev - Muqaddas ayol (Qo’shiq matni, so’zi)
download: Sherali Jo’rayev - Muqaddas ayol (Qo’shiq matni, so’zi)
Sherali Jo’rayev - Muqaddas ayol (Qo’shiq matni, so’zi) на зайцев нет
Скачать рингтон для мобильника: Sherali Jo’rayev - Muqaddas ayol (Qo’shiq matni, so’zi)
скачать рингтон: Sherali Jo’rayev - Muqaddas ayol (Qo’shiq matni, so’zi)
Обсудить в чате: Sherali Jo’rayev - Muqaddas ayol (Qo’shiq matni, so’zi)
Лучшие рингтоны для мобильника