O’lmas Olloberganov - Onam (Qo’shiq matni, so’zi)

Yomg’‎ir bo’‎lib yig’‎lar onam,
Iztiroblardan dodlasam.
Netay to’‎lmoqda paymonam,
Onam ro’‎molin hidlasam. (x2)

Yolg’‎iz suyanchig’‎im onam,
Boshqa hech kimim yo’‎q edi.
Boshimni silar yagonam,
Borida ko’‎nglim to’‎q edi.

Shamol bo’‎lib esar onam,
Dardga chidolmay oh ursam.
Onamga hamroh ostonam,
Namli ko’‎zlarimga surtsam.

Onam, onam,
Ne kunlarni ko’‎rmagan onam.
Onam, onam,
Sabrligim, mo’‎minim onam.

Qancha g’‎amni ko’‎rgan onam,
Men deb bo’‎ldi umri xazon.
Kulib silardi peshonam,
Qayda endi u mehribon?

Xazin kuyday yangrar onam,
Bu azoblardan ingrasam.
Chaqirsaydi deb “bolam”,
Zora tushimda tinglasam.

Xayolimda tirik onam,
Uyga kiraman shoshilib.
Huvillab qolgan koshonam,
Yig’‎layman unga qo’‎shilib.

Ko’‎z yosh bo’‎lib oqar onam,
Yuzlarim silaganday.
Netay to’‎lmoqda paymonam,
Yig’‎lamasdan yashay qanday? {x2}

Onam, onam,
Bo’‎ylaringdan o’‎rgilay, onam.
Onam, onam,
Ko’‎zlaringdan o’‎rgilay, onam. (x2)
Onam...‎



Мы в Telegram
Слушать mp3 в хорошем качестве: O’lmas Olloberganov - Onam (Qo’shiq matni, so’zi)
Скачать mp3: O’lmas Olloberganov - Onam (Qo’shiq matni, so’zi)
download: O’lmas Olloberganov - Onam (Qo’shiq matni, so’zi)
O’lmas Olloberganov - Onam (Qo’shiq matni, so’zi) на зайцев нет
Скачать рингтон для мобильника: O’lmas Olloberganov - Onam (Qo’shiq matni, so’zi)
скачать рингтон: O’lmas Olloberganov - Onam (Qo’shiq matni, so’zi)
Обсудить в чате: O’lmas Olloberganov - Onam (Qo’shiq matni, so’zi)
Лучшие рингтоны для мобильника