Kamoliddin Rahmatov - Kecha (Qo’shiq matni, so’zi)

Xo`b ajoyib dam edi yonimda yor o`lg`on kecha,
Toleim, baxtim kulib, dil lolazor o`lg`on kecha.

Shodligim ko`ksimga sig`mas bu yurak o`ynog`idan,
Fosh o`lib pinhona ishqim, oshkor o`lg`on kecha.

Xo`b ajoyib dam edi yonimda yor o`lg`on kecha...‎

Zulfi ko`ksiga tushib, xolini berkitdi shoshib,
Dil qushi haddin oshib qalb beqaror o`lg`on kecha.

La’l, yoqutlar sochib, so`zlarda har damda cho`chib,
Hushim boshimdan uchib, til yo`g`u bor o`lg`on kecha.

Xo`b ajoyib dam edi yonimda yor o`lg`on kecha...‎

Oshinolik baxtidan, o`z sevganimning ahdidan,
Yor visolin naqdidan dil beg`ubor o`lg`on kecha.

Sen shukur qilg`ilki, Mirzo, telbalik ham endi bas,
Ul ko`ngil ahdida turmay qop-qaro o`lg`on kecha.

Xo`b ajoyib dam edi yonimda yor o`lg`on kecha,
Bu ajoyib dam edi yonimda yor o`lg`on kecha...‎ (x2)


Мы в Telegram
Слушать mp3 в хорошем качестве: Kamoliddin Rahmatov - Kecha (Qo’shiq matni, so’zi)
Скачать mp3: Kamoliddin Rahmatov - Kecha (Qo’shiq matni, so’zi)
download: Kamoliddin Rahmatov - Kecha (Qo’shiq matni, so’zi)
Kamoliddin Rahmatov - Kecha (Qo’shiq matni, so’zi) на зайцев нет
Скачать рингтон для мобильника: Kamoliddin Rahmatov - Kecha (Qo’shiq matni, so’zi)
скачать рингтон: Kamoliddin Rahmatov - Kecha (Qo’shiq matni, so’zi)
Обсудить в чате: Kamoliddin Rahmatov - Kecha (Qo’shiq matni, so’zi)
Лучшие рингтоны для мобильника