Bahrom Nazarov - Yetimlar (Qo’shiq matni, so’zi)

Bir uyda kecha-kunduz bo`zlashadi bolalar,
Gir aylanib, onasin izlashadi bolalar.
Kattasining ohlari to`kilganda dilidan,
Iymoni bor odamning qonlar oqar dilidan.

Bu uyda kecha-kunduz bo`zlashadi bolalar,
Gir aylanib, onasin izlashadi bolalar.
Ona, ona, onajon, uyga sig`may ketyabman,
Kunduz chopib, tun chopib, sizga yetmay o`tyabman.

Devordagi osig`liq ro`molingiz yig`laydi,
Uy ichida charx urib, uvolingiz yig`laydi.

Ismimda jon yig`lar, dasturxonda non yig`lar,
Piyolada choy yig`lar, yulduz yig`lar, oy yig`lar.
Sizni kunduz axtarsam, kunduz yig`lar biz bilan,
Uydagi gul, dov-daraxt, ildiz yig`lar biz bilan.

Chohga tushgan toychoqdek talpinamiz siz tomon,
Tilni tishlab yig`laymiz, ko`rmaysizda onajon.
Onajon...‎

Oh, onajon, onajon, bo`zlayverib sil bo`ldim,
Borsa kelmas yo`llardan izlayverib sil bo`ldim.
Ovutolmay singlimni yig`laydilar dadam ham,
Boshin mushtlab, jonini tig`laydilar dadam ham.

Ko`rgim kelar, onajon...‎ Ko`rgim kelar, onajon...‎
Ko`rgim kelar sizni...‎

Sizsiz dunyo qorong`u, xunuk ekan uyimiz,
Ezib qo`ydi bizni g`am, qachon o`sar bo`yimiz?
Bo`lardi-ku, onajon, o`ylasangiz bizlarni,
Kim oladi bag`riga yetim o`g`il-qizlarni?

Kichik singlim bir kuni sizni yo`qlab qolgandi,
Alamidan mast bo`lib, dadam uxlab qolgandi.
Ovutmoqchun singlimni bir o`yin topish kerak,
Eng yaxshi o`yinimiz – “oq terakmi, ko`k terak”.

Oq terakmi, ko`k terak, bizdan sizga kim kerak?
Oq terakmi, ko`k terak, men kerakmi, u kerak?
Oq terakmi, ko`k terak, singlim senga kim kerak?
(Bilmaysizmi, akajon? Menga onamlar kerak!)

Oq terakmi, ko`k terak, bizdan sizga kim kerak?
Singiljonim, menga ham onam, onamlar kerak.
(Oq terakmi, ko`k terak, bizdan sizga kim kerak?)
Kerak...‎
(Oq terakmi, ko`k terak, bizdan sizga kim kerak?)
Kerak...‎

Oq terakmi, ko`k terak, bizdan sizga kim kerak?
Oq terakmi, ko`k terak, bizdan sizga kim kerak?
Xudo, Xudo, Xudojon, menga onamlar kerak...‎
Oq terakmi, ko`k terak, bizdan sizga kim kerak?

Bir uyda kecha-kunduz bo`zlashadi bolalar,
Gir aylanib, onasin izlashadi bolalar.
Yetimlarning ohlari to`kilganda dilidan,
Iymoni bor odamning qonlar oqar dilidan.
Dilidan...‎

Oq terakmi, ko`k terak, bizdan sizga kim kerak...‎


Мы в Telegram
Слушать mp3 в хорошем качестве: Bahrom Nazarov - Yetimlar (Qo’shiq matni, so’zi)
Скачать mp3: Bahrom Nazarov - Yetimlar (Qo’shiq matni, so’zi)
download: Bahrom Nazarov - Yetimlar (Qo’shiq matni, so’zi)
Bahrom Nazarov - Yetimlar (Qo’shiq matni, so’zi) на зайцев нет
Скачать рингтон для мобильника: Bahrom Nazarov - Yetimlar (Qo’shiq matni, so’zi)
скачать рингтон: Bahrom Nazarov - Yetimlar (Qo’shiq matni, so’zi)
Обсудить в чате: Bahrom Nazarov - Yetimlar (Qo’shiq matni, so’zi)
Лучшие рингтоны для мобильника