Amira Alibekova - Umr o’taveradi (Qo’shiq matni, so’zi)

Tongga, tunga aldanib
Umr o’taveradi.
Azob bersang bir og’iz
Uzr o’taveradi.
Umrim sensiz o’taveradi,
Yoshlik yolg’iz o’taveradi,
Umidlarga zanjirband yurak.

O’rik gullab barg to’kar,
Bahor o’taveradi,
Necha yillar shu zayil
Takror o’taveradi.
Rahmatlar ham o’taveradi,
Nafratlar ham o’taveradi,
Umidlarga zanjirband yurak.

Ko’zlarda umidlar yig’lar,
Qaytar u deb,
Xayollar qalbimni tig’lar
Qaytarmu deb.
Ertamga ishongim kelar
Qaytar u deb,
Qaytar u deb umrim o’tar.

Mag’rurlikka bosh egib
Hayot o’taveradi,
Sen o’zingga dushman deb
Isbot o’taveradi,
Umrim sensiz o’taveradi,
Yoshlik yolg’iz o’taveradi,
Umidlarga zanjirband yurak.

Ko’zlarda umidlar yig’lar,
Qaytar u deb,
Xayollar qalbimni tig’lar
Qaytarmu deb.
Ertamga ishongim kelar
Qaytar u deb,
Qaytar u deb umrim o’tar.

Tongga, tunga aldanib
Umr o’taveradi.
Azob bersang bir og’iz
Uzr o’taveradi.
Umrim sensiz o’taveradi,
Yoshlik yolg’iz o’taveradi,
Umidlarga zanjirband yurak.

Umr o’taveradi...‎
Yoshlik o’taveradi...‎



Мы в Telegram
Слушать mp3 в хорошем качестве: Amira Alibekova - Umr o’taveradi (Qo’shiq matni, so’zi)
Скачать mp3: Amira Alibekova - Umr o’taveradi (Qo’shiq matni, so’zi)
download: Amira Alibekova - Umr o’taveradi (Qo’shiq matni, so’zi)
Amira Alibekova - Umr o’taveradi (Qo’shiq matni, so’zi) на зайцев нет
Скачать рингтон для мобильника: Amira Alibekova - Umr o’taveradi (Qo’shiq matni, so’zi)
скачать рингтон: Amira Alibekova - Umr o’taveradi (Qo’shiq matni, so’zi)
Обсудить в чате: Amira Alibekova - Umr o’taveradi (Qo’shiq matni, so’zi)
Лучшие рингтоны для мобильника