Samandar Hamroqulov - Sevgi fazosi (Qo’shiq matni, so’zi)

Muhabbat yaprog’in uzganing rostmi?
Chechak ochilsin deb kutganing rostmi?
Sevgi gulshanida bir lola bo’lib,
Bulbulning mehrini tutganing rostmi?

Tog’lardek matonat tilayman senga,
Daryodek jo’shqin bo’l sevgi bobida.
Va’dangga vafoli bo’lsang sen uchun
Sahifa ochilur baxt kitobida.

Sevgi fazosinda uchganlar ko’pdir,
Xayolda yulduzni quchganlar ko’pdir,
Ha, quchganlar ko’pdir.

Qayg’udan yiroq yur mening oqqushim,
Yuzingga yuqtirma qaroni aslo.
Libosing misoli qalbing oq bo’lsin,
Sevging chin, pok bo’lsin, ey aqli raso.

Tog’lardek matonat tilayman senga,
Daryodek jo’shqin bo’l sevgi bobida.
Va’dangga vafoli bo’lsang sen uchun
Sahifa ochilur baxt kitobida.

Sevgi fazosinda uchganlar ko’pdir,
Xayolda yulduzni quchganlar ko’pdir,
Ha, quchganlar ko’pdir.
Hattoki dengizning tubiga sho’ng’ib,
Aslida vafodan qochganlar ko’pdir,
Ha, qochganlar ko’pdir. (x2)



Мы в Telegram
Слушать mp3 в хорошем качестве: Samandar Hamroqulov - Sevgi fazosi (Qo’shiq matni, so’zi)
Скачать mp3: Samandar Hamroqulov - Sevgi fazosi (Qo’shiq matni, so’zi)
download: Samandar Hamroqulov - Sevgi fazosi (Qo’shiq matni, so’zi)
Samandar Hamroqulov - Sevgi fazosi (Qo’shiq matni, so’zi) на зайцев нет
Скачать рингтон для мобильника: Samandar Hamroqulov - Sevgi fazosi (Qo’shiq matni, so’zi)
скачать рингтон: Samandar Hamroqulov - Sevgi fazosi (Qo’shiq matni, so’zi)
Обсудить в чате: Samandar Hamroqulov - Sevgi fazosi (Qo’shiq matni, so’zi)
Лучшие рингтоны для мобильника