Dildora Niyozova - Ota-ona (Qo’shiq matni, so’zi)

Bugun yana bahorlarga yalindim,
Umr degan anhorlarga yalindim,
Soniya-yu misqollarga yalindim,
Tez qaritib qo’ymang otam-onamni deb.

Yuzlarida ajin degan dog’ ko’rindi,
Sochlarida buncha erta oq ko’rindi,
Xayollarim har tomonga qoq bo’lindi,
Tez qaritib qo’ymang otam-onamni deb.

Umr shuncha tez o’tibdimi,
Keksalik qo’lin tutibdimi,
Ko’nglim armonga to’libdimi, (2x)
Ota-onam qaribdimi?

Xazonlarga to’lmay turing bog’larim-ey,
Yuzimga chang solmay turing dog’larim-ey,
Shoshmay turing, ey siz, baxtli chog’larim-ey,
Tez qaritib qo’ymang otam-onamni deb.

Bugun yana havotirga chalindim,
Umid bilan armonlarga tanildim,
Karami keng osmonlarga yalindim,
Tez qaritib qo’ymang otam-onamni deb.

Umr shuncha tez o’tibdimi,
Keksalik qo’lin tutibdimi,
Ko’nglim armonga to’libdimi, (2x)
Ota-onam qaribdimi?

Ko’ngil qushi kezsaydim ko’p olam derkan,
Xofiz qani zo’r bo’lsaydi nolam derkan,
Ota-ona o’lgunicha bolam derkan,
Ayting, do’stlar farzand qachon
Otam derkan, onam derkan?



Мы в Telegram
Слушать mp3 в хорошем качестве: Dildora Niyozova - Ota-ona (Qo’shiq matni, so’zi)
Скачать mp3: Dildora Niyozova - Ota-ona (Qo’shiq matni, so’zi)
download: Dildora Niyozova - Ota-ona (Qo’shiq matni, so’zi)
Dildora Niyozova - Ota-ona (Qo’shiq matni, so’zi) на зайцев нет
Скачать рингтон для мобильника: Dildora Niyozova - Ota-ona (Qo’shiq matni, so’zi)
скачать рингтон: Dildora Niyozova - Ota-ona (Qo’shiq matni, so’zi)
Обсудить в чате: Dildora Niyozova - Ota-ona (Qo’shiq matni, so’zi)
Лучшие рингтоны для мобильника