Baxtiyor Rahmonov - Fevral-mart (Qo’shiq matni, so’zi)

Titroq novdalarda uyg’onar hayot,
Sarg’aygan qor kabi erib bitar dard.
Yashil tuyg’ulardan chayqalasan shod,
Fevral o’tib borar, yaqinlashar mart.

Musaffo ruhingni alqaydi qushlar,
Maysalar – hayotning shirin tillari.
Uyqungni to’ldirar eng go’zal tushlar,
Oyning nurlarini silar qo’llaring.

Kunlarning chiroyi ochilib borar,
Ochilib borasan kunlarday go’zal.
Ikki fasl sening ko’nglingga qarar,
Ko’nglingni avaylab qisqarar fevral.

Uning himmati keng toki sen borsan,
Yigirma sakkiz kun tanti sayyorga.
Kundan kun go’zalsan va baxtiyorsan,
Fevral bir juft kunin sochar bahorga.

Havasim sengadir, shodlik ortmoqda,
Sarg’aygan qor kabi erib bitar dard.
Mening yuragimdan fevral o’tmoqda,
Sening yuragingga kirib bordi mart.



Мы в Telegram
Слушать mp3 в хорошем качестве: Baxtiyor Rahmonov - Fevral-mart (Qo’shiq matni, so’zi)
Скачать mp3: Baxtiyor Rahmonov - Fevral-mart (Qo’shiq matni, so’zi)
download: Baxtiyor Rahmonov - Fevral-mart (Qo’shiq matni, so’zi)
Baxtiyor Rahmonov - Fevral-mart (Qo’shiq matni, so’zi) на зайцев нет
Скачать рингтон для мобильника: Baxtiyor Rahmonov - Fevral-mart (Qo’shiq matni, so’zi)
скачать рингтон: Baxtiyor Rahmonov - Fevral-mart (Qo’shiq matni, so’zi)
Обсудить в чате: Baxtiyor Rahmonov - Fevral-mart (Qo’shiq matni, so’zi)
Лучшие рингтоны для мобильника