Dildora Niyozova - Kelin (Qo’shiq matni, so’zi)

To’ydan uch kun o’tiboq,
Boshlanadi hammasi,
Hayot ekan ko’ramiz,
Turmush degan tamg’asin. (x2)

Buzilmasin desangiz,
Kuyov bola va’dasi,
Qaynonaga qiz bo’ling, kelin,
Qaynotaga do’st bo’ling, kelin.

Qaynotaga qiz bo’ling, kelin,
Qaynonaga do’st bo’ling, kelin.

Kelin, kelin, oy kelin,
Go’zallikka boy kelin,
Kulishlari yarashgan,
Ham iboli oy kelin. (x2)

Ayamang xush kalomni,
Ham aligu salomni,
Har nimaga chalg’imay,
Shirin qiling taomni. (x2)

Kuyov bola teskari
Kiymasidan to’nini,
Qaynotaga qiz bo’ling, kelin,
Qaynonaga do’st bo’ling, kelin.

Qaynotaga qiz bo’ling, kelin,
Qaynonaga do’st bo’ling, kelin.

Kelin, kelin, oy kelin,
Go’zallikka boy kelin,
Kulishlari yarashgan,
Ham iboli oy kelin. (x2)

Kurmagisiz guruch yo’q,
Yaxshi uyda urush yo’q,
Tosh kelganda kemiring,
Suv kelganda simiring.

Qozonmoq uchun kuyov
Muhabbatu sevgisin,
Qaynotaga qiz bo’ling, kelin,
Qaynonaga do’st bo’ling, kelin.

Qaynotaga qiz bo’ling, kelin,
Qaynonaga do’st bo’ling, kelin.

Kelin, kelin, oy kelin,
Go’zallikka boy kelin,
Kulishlari yarashgan,
Ham iboli oy kelin. (x2)

Kelin, kelin, oy kelin,
Go’zallikka boy kelin,
Agar ko’nglin topsangiz,
Uy to’rida joy, kelin.

Agar ko’nglin topsangiz,
Uy to’rida joy, kelin.



Мы в Telegram
Слушать mp3 в хорошем качестве: Dildora Niyozova - Kelin (Qo’shiq matni, so’zi)
Скачать mp3: Dildora Niyozova - Kelin (Qo’shiq matni, so’zi)
download: Dildora Niyozova - Kelin (Qo’shiq matni, so’zi)
Dildora Niyozova - Kelin (Qo’shiq matni, so’zi) на зайцев нет
Скачать рингтон для мобильника: Dildora Niyozova - Kelin (Qo’shiq matni, so’zi)
скачать рингтон: Dildora Niyozova - Kelin (Qo’shiq matni, so’zi)
Обсудить в чате: Dildora Niyozova - Kelin (Qo’shiq matni, so’zi)
Лучшие рингтоны для мобильника