Ozodbek Nazarbekov - Turnalar (Qo’shiq matni, so’zi)

Bahor keldi, siz ham keling turnalar,
Kelmasangiz yurak-bag’rim tirnalar. (x2)
Sizni kutar qoraqosh, ko’z surmalar,
Zoriqtirmay erta keling turnalar.
Suyunchi deb, qanotingiz ostida
Qaldirg’ochni olib keling turnalar.

Turnalar, oh turnalar,
Qaldirg’ochni olib keling turnalar.
Turnalar, oh turnalar,
Zoriqtirmay erta keling turnalar.

Binafshalar yo’lingizga ko’z tutar,
Ayoz achchiq zaxrini ichga yutar. (x2)
Hasta yurak dardlari asta bitar,
Ishq kuyini chalib keling turnalar.
Suyunchi deb, qanotingiz ostida
Qaldirg’ochni olib keling turnalar.

Turnalar, oh turnalar,
Qaldirg’ochni olib keling turnalar.
Turnalar, oh turnalar,
Zoriqtirmay erta keling turnalar.

Keksayu-yosh duodadir qo’l ochib,
Haqdan qut-baraka tilar, don sochib. (x2)
Gina-kuduratlar dillardan qochib,
Do’stlik kuyin chalib keling turnalar.
Suyunchi deb, qanotingiz ostida
Qaldirg’ochni olib keling turnalar.

Turnalar, oh turnalar,
Qaldirg’ochni olib keling turnalar.
Turnalar, oh turnalar,
Zoriqtirmay erta keling turnalar. (x2)


Мы в Telegram
Слушать mp3 в хорошем качестве: Ozodbek Nazarbekov - Turnalar (Qo’shiq matni, so’zi)
Скачать mp3: Ozodbek Nazarbekov - Turnalar (Qo’shiq matni, so’zi)
download: Ozodbek Nazarbekov - Turnalar (Qo’shiq matni, so’zi)
Ozodbek Nazarbekov - Turnalar (Qo’shiq matni, so’zi) на зайцев нет
Скачать рингтон для мобильника: Ozodbek Nazarbekov - Turnalar (Qo’shiq matni, so’zi)
скачать рингтон: Ozodbek Nazarbekov - Turnalar (Qo’shiq matni, so’zi)
Обсудить в чате: Ozodbek Nazarbekov - Turnalar (Qo’shiq matni, so’zi)
Лучшие рингтоны для мобильника