Via Sharq guruhi - Vatan bayrog’i (Qo’shiq matni, so’zi)

Olqishlab-olqishlab munavvar tongni,
U mayin hilpirab turibdi, qarang.
Bu kez termultirgan jumla jahonni,
Yurtim bayrog’ida porlar to’rt xil rang.

Yashil rang – abadiy ko’klam timsoli,
Bahorni qutlaydi bunda har bir jon.
Bulutlar tutunlar, dog’lardan holi,
Moviy rangda yashnar musaffo osmon.

Azizim, sen haqda yana ne deyin?
Bulbullar to’ldirsin yashil bog’ingni.
Kelajak avlod bizlardan keyin,
Hilpiratib tursin hur bayrog’ingni.

Qizil rang – ko’zga yosh qalqmasin nechun?
Janglarda o’lmagan mangu jondir bu.
Biz bugun kuylagan erk va baxt uchun
Bir zamon to’kilgan qutlug’ qondir bu.

Dalalarni quchgan paxta kabi oq,
Vatan bayrog’ida bir rang bor yana.
Mehnatkash xalqimning qalbiday oppoq,
Unda nafas olar oq sut va ona.

Azizim, sen haqda yana ne deyin?
Bulbullar to’ldirsin yashil bog’ingni.
Kelajak avlod bizlardan keyin,
Hilpiratib tursin hur bayrog’ingni. (x1+x1)



Мы в Telegram
Слушать mp3 в хорошем качестве: Via Sharq guruhi - Vatan bayrog’i (Qo’shiq matni, so’zi)
Скачать mp3: Via Sharq guruhi - Vatan bayrog’i (Qo’shiq matni, so’zi)
download: Via Sharq guruhi - Vatan bayrog’i (Qo’shiq matni, so’zi)
Via Sharq guruhi - Vatan bayrog’i (Qo’shiq matni, so’zi) на зайцев нет
Скачать рингтон для мобильника: Via Sharq guruhi - Vatan bayrog’i (Qo’shiq matni, so’zi)
скачать рингтон: Via Sharq guruhi - Vatan bayrog’i (Qo’shiq matni, so’zi)
Обсудить в чате: Via Sharq guruhi - Vatan bayrog’i (Qo’shiq matni, so’zi)
Лучшие рингтоны для мобильника