Oxunjon Madaliyev - Muhabbatim rad etdingiz (Qo’shiq matni, so’zi)

Muhabbatim rad etdingiz,
Garchi so`zlar mayin bo`ldi, (x2)
Shu mayin so`z ohangida
Taqdirimiz tayin bo`ldi. (x2)

Sizga oson bo`ldi balki,
Ammo bizga qiyin bo`ldi, (x2)
Bag`ringiz tosh ekan, garchi
So`zlaringiz mayin bo`ldi. (x2)

Sizni deya oromim yo`q,
Sizni deya tinchim yo`q,
Sizni deya quvonchim yo`q,
Sizni deya kulgum yo`q.

Er yigitga bu qayg`udan
Qayg`uliroq qayg`u yo`q, (x2)
Kunlarim tundayin bo`ldi,
Azobim kun sayin bo`ldi. (x2)

Bu dardimni aytolmayman
Begonaga, do`stga ham,
E voh, bahor o`tmay turib,
Yetib keldik kuzga ham.

Bu kunimni tilamasman
Dushmanga ham, sizga ham, (x2)
Kunlarim tundayin bo`ldi,
Azobim kun sayin bo`ldi. (x2)

Muhabbatim rad etdingiz,
Garchi so`zlar mayin bo`ldi,
Shu mayin so`z ohangida
Taqdirimiz tayin bo`ldi. (x2)

Sizga oson bo`ldi balki,
Ammo bizga qiyin bo`ldi, (x2)
Bag`ringiz tosh ekan, garchi
So`zlaringiz mayin bo`ldi. (x2)


Мы в Telegram
Слушать mp3 в хорошем качестве: Oxunjon Madaliyev - Muhabbatim rad etdingiz (Qo’shiq matni, so’zi)
Скачать mp3: Oxunjon Madaliyev - Muhabbatim rad etdingiz (Qo’shiq matni, so’zi)
download: Oxunjon Madaliyev - Muhabbatim rad etdingiz (Qo’shiq matni, so’zi)
Oxunjon Madaliyev - Muhabbatim rad etdingiz (Qo’shiq matni, so’zi) на зайцев нет
Скачать рингтон для мобильника: Oxunjon Madaliyev - Muhabbatim rad etdingiz (Qo’shiq matni, so’zi)
скачать рингтон: Oxunjon Madaliyev - Muhabbatim rad etdingiz (Qo’shiq matni, so’zi)
Обсудить в чате: Oxunjon Madaliyev - Muhabbatim rad etdingiz (Qo’shiq matni, so’zi)
Лучшие рингтоны для мобильника