Umar Shamsiyev - Ota-ona (Qo’shiq matni, so’zi)

Dunyolardan dunyo emas, hikmat topdim, otajon.
Sizga farzand bo’lmoqdayin omad topdim, otajon.
Mehringizday adosi yo’q ne’mat topdim, otajon,
Suyanganim tog’im mening, otajonim, otajon,
Yo’limga mushtog’im mening, mehribonim onajon.

Farzandlarning kamolida ko’ksi baland, viqorli,
Har so’zingiz hikmat ila haqiqatdir zalvorli.
Siz bor uyda xazonlar yo’q, ostonalar bahorli,
Suyanganim tog’im mening, otajonim, otajon,
Yo’limga mushtog’im mening, onajonim, onajon.

Otajonim, onajonim, mehringiz yo’q adog’i,
Ko’zlarimga suray aziz qo’llaringiz qadog’in.
Sizlar borsiz o’chmas sira xonadonim chirog’i,
Suyanganim tog’im mening, otajonim, otajon,
Yo’limga mushtog’im mening, mehribonim onajon.

Sizlar sabab qalbimizda pok vijdon bor, ming shukr,
Yuraklarda izhoriga hayajon bor, ming shukr.
Farzandlarim uchun sizday mehribon bor, ming shukr,
Suyanganim tog’im mening, otajonim, otajon,
Yo’limga mushtog’im mening, onajonim, onajon.

Suyanganim tog’im mening, otajonim, otajon,
Yo’limga mushtog’im mening, onajonim, onajon.
Otajonim, onajon...‎


Мы в Telegram
Слушать mp3 в хорошем качестве: Umar Shamsiyev - Ota-ona (Qo’shiq matni, so’zi)
Скачать mp3: Umar Shamsiyev - Ota-ona (Qo’shiq matni, so’zi)
download: Umar Shamsiyev - Ota-ona (Qo’shiq matni, so’zi)
Umar Shamsiyev - Ota-ona (Qo’shiq matni, so’zi) на зайцев нет
Скачать рингтон для мобильника: Umar Shamsiyev - Ota-ona (Qo’shiq matni, so’zi)
скачать рингтон: Umar Shamsiyev - Ota-ona (Qo’shiq matni, so’zi)
Обсудить в чате: Umar Shamsiyev - Ota-ona (Qo’shiq matni, so’zi)
Лучшие рингтоны для мобильника