G’ulomjon Yoqubov - Vatan abadiy (Qo’shiq matni, so’zi)

Baxrayin suvlariga chaydim yuzimni,
Nasimlar esdilar iliq, araviy.
Bir osmon to’ldirib keldi ko’ksimni,
Vatan qolar ekan, Vatan abadiy.

Kim axir bu yorug’ dunyodan o’tmagan,
Kim axir bir kuni aso tutmagan?
Tandan jon ketgay, lek Vatan ketmagay,
Vatan qolar ekan, Vatan abadiy.

Ne zotlar o’tdilar Vatandin ayro,
Sevinchi savdoyu sog’inchi sahro.
Ko’ksimni to’ldirib keldi bir daryo,
Vatan qolar ekan, Vatan abadiy.

Kim axir bu yorug’ dunyodan o’tmagan,
Kim axir bir kuni aso tutmagan?
Tandan jon ketgay, lek Vatan ketmagay,
Vatan qolar ekan, Vatan abadiy.

Ayb emas avvaliy va yo soniymiz,
Agarki insonmiz vale sonemiz.
Barchamiz ushbu kun turkistoniymiz,
Vatan qolar ekan, Vatan abadiy.

Kim axir bu yorug’ dunyodan o’tmagan,
Kim axir bir kuni aso tutmagan?
Tandan jon ketgay, lek Vatan ketmagay,
Vatan qolar ekan, Vatan abadiy. (x2)


Мы в Telegram
Слушать mp3 в хорошем качестве: G’ulomjon Yoqubov - Vatan abadiy (Qo’shiq matni, so’zi)
Скачать mp3: G’ulomjon Yoqubov - Vatan abadiy (Qo’shiq matni, so’zi)
download: G’ulomjon Yoqubov - Vatan abadiy (Qo’shiq matni, so’zi)
G’ulomjon Yoqubov - Vatan abadiy (Qo’shiq matni, so’zi) на зайцев нет
Скачать рингтон для мобильника: G’ulomjon Yoqubov - Vatan abadiy (Qo’shiq matni, so’zi)
скачать рингтон: G’ulomjon Yoqubov - Vatan abadiy (Qo’shiq matni, so’zi)
Обсудить в чате: G’ulomjon Yoqubov - Vatan abadiy (Qo’shiq matni, so’zi)
Лучшие рингтоны для мобильника