Yulduz Usmonova - Norasida (Qo’shiq matni, so’zi)

Onasini erga berdilar,
Yig`lab-yig`lab qoldi qizaloq.
Yupatmoqchi bo`lib ko`rdilar,
Gapga chechan kishilar biroq.

Yor-yor aytib olib ketdilar,
Qizaloqning bag`rini tilib.
Aravaga solib ketdilar,
O`z onasin unga yot etib.

“Tashlab ketmang onajon meni”,
Deya sho`rlik ortidan chopdi.
Oh, yiqildi, qonadi burni,
Yanog`ida ko`z yoshi qotdi.

Ota ketib singan qanoti,
Hali o`rni bitmagan edi. (x2)
Onasini ham tashladi ketdi,
Yetim to`nin kiymagan edi.

Yetim to`nin kiydi, yo`q chora,
Qizcha buni bilmaydi biroq.
Chimildiqda yor kutar ona,
Aro yo`lda qoldi qizaloq.

Chimildiqda yor kutar ona,
Aro yo`lda qoldi qizaloq...‎

Ushbu qo`shiq matni uchun Shahnoza (@shahnoz_art)ga minnatdorchilik bildiramiz.



Мы в Telegram
Слушать mp3 в хорошем качестве: Yulduz Usmonova - Norasida (Qo’shiq matni, so’zi)
Скачать mp3: Yulduz Usmonova - Norasida (Qo’shiq matni, so’zi)
download: Yulduz Usmonova - Norasida (Qo’shiq matni, so’zi)
Yulduz Usmonova - Norasida (Qo’shiq matni, so’zi) на зайцев нет
Скачать рингтон для мобильника: Yulduz Usmonova - Norasida (Qo’shiq matni, so’zi)
скачать рингтон: Yulduz Usmonova - Norasida (Qo’shiq matni, so’zi)
Обсудить в чате: Yulduz Usmonova - Norasida (Qo’shiq matni, so’zi)
Лучшие рингтоны для мобильника