Rayhon - Vatan (Qo’shiq matni, so’zi)

(G`urbatda g`arib shodimon bo`lmas emish,
El anga shafiq-u mehribon bo’lmas emish.
Oltin qafas ichra gar qizil gul butsa,
Bulbulg`a tikondek oshiyon bo’lmas.)

Oshiyon bo`lolmas,
Chunki qafas asli bulbulga vatanmas,
Hali bir tunim ham
Tushimda Navoiyni ko`rmasdan o`tganmas.

Yurakda Vatanga sevgi, yurakda eng ulug` tuyg`u,
Ohista qadam bosaylik, bobolarim yotgan tuproq bu.
Yurakda Vatanga sevgi, yurakda eng ulug` tuyg`u,
Ohista qadam bosaylik, momolarim yotgan tuproq bu.

Ayollar yuzida
Bibixonim siymosini ko`raman,
Xayolda Ulug`bek bobom bilan
Rasadxonaga yulduz sanagani boraman.

Yurakda Vatanga sevgi, yurakda eng ulug` tuyg`u,
Ohista qadam bosaylik, momolarim yotgan tuproq bu.
Yurakda Vatanga sevgi, yurakda eng ulug` tuyg`u,
Ohista qadam bosaylik, bobolarim yotgan tuproq bu.

Boshqacha baribir
Bu qondosh el – Samarqandning shevasi,
Dunyoning zo`ri ham
Surxondaryolik bilan kurashaman demasin.

Yurakda Vatanga sevgi, yurakda eng ulug` tuyg`u,
Ohista qadam bosaylik, bobolarim yotgan tuproq bu.
Yurakda Vatanga sevgi, yurakda eng ulug` tuyg`u,
Ohista qadam bosaylik, momolarim yotgan tuproq bu.


Мы в Telegram
Слушать mp3 в хорошем качестве: Rayhon - Vatan (Qo’shiq matni, so’zi)
Скачать mp3: Rayhon - Vatan (Qo’shiq matni, so’zi)
download: Rayhon - Vatan (Qo’shiq matni, so’zi)
Rayhon - Vatan (Qo’shiq matni, so’zi) на зайцев нет
Скачать рингтон для мобильника: Rayhon - Vatan (Qo’shiq matni, so’zi)
скачать рингтон: Rayhon - Vatan (Qo’shiq matni, so’zi)
Обсудить в чате: Rayhon - Vatan (Qo’shiq matni, so’zi)
Лучшие рингтоны для мобильника